Саводхонлик байрами сценарий

Alifbe va savodxonlik bayrami uchun eng sara senariylar to’plami yuklab oling. Mazkur senariylar 1-sinf ustozlari uchun alifbe bayramini tashkil etishda

Tavsiya etamiz

Barcha fanlardan testlar to’plamini yuklab oling:

Abituriyent uchun foydali yangiliklar:

Barcha uchun, eng sara hayotiy, chiroyli, tasirli, manoli sherlar to’plami:

Alifbe va savodxonlik bayrami uchun eng sara senariylar to’plami yuklab oling.

Mazkur senariylar 1-sinf ustozlari uchun alifbe bayramini tashkil etishda tayyor material bo’ladi. Kerakli senariyni yuklab olish uchun kerakli fayl nomiga bosing.

Alifbe bayrami senariylar yuklab olish

Taklifnoma Alifbe bayramiga

Savodxonlik bayrami

Alifbeni tugatdik tadbir senariysi

alifbe-bayrami-ssenariysi

alifbe_bayrami_tadbir_ssenariy

alifbe_bayrami_senariy

alifbe_bayrami

Alifbe bo’ldi sirdosh tadbir senariy

Alifbe bayramlari ssenariy

Alifbe bayrami ssenariysi yangi

Alifbe bayrami senariysi

Alifbe bayrami dasturi

Tavsiya etamiz:
1) Alifbe bayrami uchun barcha harflarga atalgan sherlar to’plami
2) 1-sinf darsliklar. yangi 2021-yil elektron shakllari pdf
3) Kitob haqida sara sherlar to‘plami

Quyida taqdim etilayotgan senariylarning barchasini yaxlit holda telegramdagi kanalimizning ushbumanzilida yuklab olishingiz ham mumkin.

ALIFBE BAYRAMI SENARIYASI

O’qituvchi:Salom she’ri bilan boshlab ,ota-onalarni tabriklab,o’quvchilarni davraga chorlaymiz.

1-bosh:Assalom mehmonlar mo’tabar suyuk

Assalom ustozlar, nomlari buyuk.

2-bosh:Assalom otalar, baxtim posboni

Assalom onalar, fidoyi joni.

1-bosh:Assalom, bolajon iqboli porloq

Bugun ilk bayramga yetishgan quvnoq.

2-bosh:Sizlarga aytayin 1 shirin tilak

Savodxonlik bayrami bo’lsin muborak.

1-bosh:Assalomu aleykum aziz, mo’tabar, muhtaram ota-onalar,ustozlar,o’quvchilar!

2-bosh:Barchangizni bugungi dilbandlaringizning shodligiyu quvonchi bo’lgan savodxonlik bayrami bilan chin qalbdan tabriklaymiz.

1-bosh:Sizlarga uzoq-umr,bolajonlarga baxtli davron ,porloq tole, nurli kelajak tilaymiz.

1.O’quvchi:Zdrastvuyte dorogiye uchitelya, mami ,papi,dedushka I babushka!Ya pozdravlyayem vas s prazdnikom bukvarya !

2-bosh:Endi esa ana shu tantanani ochish, yoshlarni qutlash uchun so’zni maktabimiz direktoriga beramiz………………………..

1-bosh:Keling azizlar endi bolajonlarimiz sizga o’z bilim va san’atlarini namoyish qilsalar miriqib tomosha qilsangiz.

NAZIRBEK: Ona yerda muhabbat

Yosh avlodning dilida.

Madhiyamiz yangraydi,

Bolalarning tilida.

MADHIYA

1o’quvchi:Ayting qani azizlar

Baxtiyor o’g’il-qizlar.

Nechun keldik bu yerga,

Nechun bor yosh ko’ngilda?

DILOROM: Bugun bizga zo’r quvonch

Yurakka shodlik to’lgan.

Savodxonlik bayrami

Bizni bunga keltirgan.

2-bosh:Qanday qilib savodxon

Bo’lib oldingiz chunon?

1-bosh:Alifbe bo’ldi sirdosh

Ilm yo’lida yo’ldosh

Sochdi ziyo nurini

Bo’lib misoli quyosh.

2-bosh:Alifbeni chaqirsak , baravar qarsak chalsak

Kelar bizga mehmonga , shu ajoyib makonga.

HAMMA:Alifbejon kelaqol,bizga mehmon bo’laqol.(alifbe kiradi)

ALIFBE:Assalom bolajonlar,aqli soz bilag’onlar,

Bugun shodlik muborak,savodxonlik muborak.

HAMMA:Rahmat senga alifbe,o’zing berding barini.

ALIFBE:Ayting nelar bildingiz, ne sirlar o’rgandingiz

Menga sovg’a bo’lsin deb,nelar tayyorladingiz?

BEHRUZ:Chiziqchalar chizishni,o’qishni va yozishni

Husnixat-u qiroat,sendan o’rgandik faqat.

ALIFBE:Qani ayting nechta harf,nechta tovush bor menda.

HAMMA:29 harf bildik,30 tovush bor senda.

ALIFBE:Qani harflar so’zlasin,tartib bilan tizilib,

Bolajonlar so’zini,eshitay mazza qilib.(Harflar chiqadi)

Dars qilaman qo’shig’I Alisher ijrosida

PARIZODA: Mana bizni bildingiz,so’zga quloq soldingiz.

Bolalar bizni bilar,bilganning baxti kular.

Bizni derlar alifbo,o’ttizta harf erur jo,

Bolalarga do’st bo’ldik,yayrab o’ynadik kuldik.

Qo’shiq “Alifboni o’rgandik”o’quvchilar ijrosida.

ALIFBO:Barakalla, yana nelar, o’rgandingiz bilgim kelar?

FARZONA:Ona,Vatan,Mustaqillik,Kitob,Maktab,Ustoz barin

Maqol,topishmoq,tez aytish,o’rgandik biz shular sirin.

AMIRBEK:Bizni bag’riga bosgan,bolalar yayrab o’sgan,

Yuksalaver yildan-yil,O’zbekiston-jon vatan.

UMIDJON:Farzandiga jon fido,tinib-tinchimas aslo.

Bardam salomat bo’ling,Ota-onam doimo.

ZEBI:Bilimlar mamlakatin,makon aylagan bizda

Ta’zimu rahmat deymiz,sizday aziz Ustozga.

AHMAD:Yosh avlodni o’ylagan,baxtimizni so’ylagan,

Sog’-omon bo’lsin boshi,rahmat senga Yurtboshi.

ZARINA:Bilim olish yoqadi,demaylik charchadik sal.

Barcha undan olamiz,ishoning doim 100 ball.

ZUHRIDDIN:Qo’limizda bor kitob ,yuzimiz go’yo oftob.

Bizni doim bezaydi,go’zal xulq,yaxshi Odob.

ROBIYA:Bo’lsin doim osuda,ona-zamin albatta.

Osmon bo’lsin Musaffo,biz sevgan ona yurtda.

OYBEK:Bizlar maktab qo’ynida,o’qib,olamiz bilim

Kelajakka bo’laylik,yurtga kerakli olim.

O’yin:Qizlar ijrosida Xorazmcha

ALIFBO:Bolajonlar men sizga 1-kitobdurman,

Dilingizni yoritgan, go’yoki oftobdurman.

Ko’rdim bugun donosiz,hammadan ham a’losiz

O’qish,yozishni bilgan,aqlingiz ham rasosiz.

Endi boray dam olay,sizga baxt-omad tilay,

Ongingiz charxlash uchun,o’qish kitobin chorlay.

HAMMA: Xayr alifbejonim,rahmat yo’llab qolamiz.

Omon bo’lgin, biz senga,oq yo’l tilab qolamiz.

QO”SHIQ: Ozodbek Nazarbekovning “Mendirman”qo’shig’i yigitlar ijrosida

1-bosh:Mana Azizaxon,bizning bilimdon bolalarimiz qisqa muddat ichida shuncha narsani o’rgandilar.

2-bosh:To’g’ri aytasiz Ilhomjon endi biz bayramimizni “Bo’g’irsoq “ ertagi bilan davom ettirsak. Marhamat tomosha qiling.

FIRDAVS:Bor ekanda yo’q ekan,och ekanda to’q ekan.Qadim zamonda katta o’rmonda chol bilan kampir yashagan ekan. Bir kuni chol kampirini chaqirib shunday debdi:

-Kampir,Bo’g’irsoqvoy ham 7 yoshga kirib qoldi.Uni o’rmon maktabiga bersak bo’lardi.—Maylikuya, lekinBo’g’irsoqvoy o’qishni xohlarmikan?-debdi kampir.

-Ota-onasining o’zaro suhbatini eshitib turgan Bo’g’irsoqvoy esa: —Albatta o’qishni xohlayman.Maktabga borsam,a’lo baholarga o’qiyman,-debdi.Shunday qilib, Bo’g’irsoq maktabda o’qiy boshlabdi.Dam olish kunlarining birida u uyida o’tiraverib zerikib ketibdi.—Bir o’rmonni aylanib kelay-chi,-deya uylaridan uzoq bo’lmagan o’rmonda yo’l olibdi.Bo’g’irsoqvoy qo’shiq aytib , qushlarni tomosha qilib ketayotgan ekan , oldidan Quyon chiqib qolibdi.

QUYON:—Bo’g’irsoq, bo’g’irsoq , men seni yeyman.

+Meni yema,endigina 1-sinfga bordimku.

—Yo’g’e sen maktabga bordingmi? +Ha

—Unda senga savol beraman ,javob bersang qo’yib yuboraman.

+ Maylikuya do’stim O’qish va ona tili kitobini chaqiraman birgalikda javob beramiz.(O’qish va ona tili kitobi kirib keladi va o’zining she’rlarini,gaplarini aytadi)
— Xo’sh ayt-chi Alifbeni tugatibsan,unda harf nechta bor ekan?

+ 29 ta harf va tutuq belgisi.Harflarning 6tasi unli, qolganlari undosh.Barcha harflardan so’zlar tuzib, o’qiy olaman.

—Barakalla,meni qoyil qoldirding,senga ruxsat,ketaver.

Bo’g’irsoq xursand ketayotgan ekan

Men bo’g’irsoq,bo’g’irsoq

Supradagi un urvoq

Qochib ketdim quyondan

Qochib ketdim buvimdan deya she’rini aytgach oldidan Qizil qalpoqcha chiqib qolibdi.

—Salom qizilqalpoqcha. +Salom bo’g’irsoqjon

—Qizil qalpoqcha agar bilsang men maktabga boryapman ,o’qish-yozishni,ingliz tilini o’rganyapman!

+ Hali shunaqami, unda savollarimga javob beringchi. -Vot iz yo neym?

+ Mayneym iz Bo’g’irsoq —Hav old a yu?

+Ay em seven.

—Barakalla Bo’g’irsoq ingliz tilidan yana nimalarni o’rganding?

+Hozir ko’rsataman (HAMMA IHGLIZ TILIDAGI Qo’shiqqa o’yin ijro etadi )

—Barakalla bo’g’irsoq ,sen maktabga juda foydali narsalarni o’rganayotgan ekansan bundan keyin ham a’lo baholarda o’qigin,xayr.(u kattakon ayiqqa duch keladi)

AYIQ:Bo’g’irsoq, bo’g’irsoq .Men seni yeyman.Qornim juda och.

+Meni yema.Maktabga endigina alifbeni tugatib , savod chiqargan bo’lsam.

—Xo’sh qani aytchi , matematikadan nimalarni bilding?

+Qo’shish,ayirish,raqamli do’stlarimni,taqqoslashni o’rgandim.

—Sening do’stlaring bormi? + HA mana ular.(Matematika kitobi va 0 dan 9 gacha bo’lgan sonlar chiqadi)

+Men mana shu do’stlarim yordamida misol-masalalar tuzib , yozishni, hisoblashni o’rganib oldim.

—Barakalla bo’g’irsoq ,men seni yemayman ,sen aqlli bo’lib qolibsan.Maktabda faqat 5 bahoga o’qigin.Xayr

Qo’shiq: Kulcha 6 ta o’g’il va qizlar ijrosida

TULKI chiqadi…Voy Bo’g’irsoqjon, qayerga ketyapsan?

+O’rmonda sayr qilib yuribman.

—Vaqtida kelding , qornim juda ochdi-da,o’ziyam.Men seni yeyman.

+Meni yemagin senga o’rtoqlarim bilan maktabda o’rgangan maqollar va tez aytishlardan aytib beraman.

—I-ye , sen hali maktabga bordingmi? Mayli ayta qol

(Navbat Kitob o’qi bolajon she’riga, maqollar va tez aytishlarga)

TULKI: Yaxshi, yaxshi.Faqat qulog’im yaxshi eshitmayapti,maqolingni burnimga chiqib ayta qol.

+Voy ayyor tulki-yey,nima meni ertak o’qimagan, eshitmagan deb o’ylayapsanmi?Maktabimizda sening nayranglaring haqida juda ko’p ertak o’qiganmiz . Meni laqillatmay qo’ya qol.

TULKI: Eh,hozirgilar buncha aqlli bo’lmasa. Bu ketishda ochlikdan o’lishim hech gapmas.O’rmonni bir aylanaychi,menbop laqmalar topilib qolar.

ERTAKCHI BOLA:Tulki shunday deya o’rmonga ravona bo’libdi.Bo’g’irsoqvoy limning kuchga ega ekanini ko’rib , yanada a’lo o’qishga bel bog’labdi. Aziz bolajonlar! Siz ham kuchingizni ilm olishga sarflang.Shunda yurtimiz farovonligiga hissa qo’shib , kelajakda o’z ishingizning ustasi bo’lasiz va albatta baxtiyor ,farovon yashaysiz!

O’yin:Anjancha yigitlar ijrosida

1-o’quvchi:Amir Temur izlari bor,Navoiyning so’zlari bor,

Nodiraday qizlari bor,buyuklarning Vatani bu.

Suyuklarning Vatani bu,

O’zbekiston nurli bo’ston,elga doston,elga doston.

SABINA: Bobur kabi shoh-shiori,Sino kabi malham dori,

Manguberdi bahodiri,ulug’larning Vatani bu.

Qutlug’larning Vatani bu,

O’zbekiston nurli bo’ston,elga doston,elga doston.

NAZIR: Og’abeku yangratsa soz,Abdullasi ayta she’r, so’z.

Gavhar qilsa gar noz,buyuklarning Vatani bu,

Suyuklarning Vatani bu

O’zbekiston nurli bo’ston,elga doston, elga doston.

PARI: Gulla yashna aziz diyor,bag’ring bo’lsin doim bahor.

Baxtingga ko’z tegmas zinhor,buyuklarning Vatani bu

Suyuklarning vatani bu,

O’zbekiston nurli bo’ston,elga doston,elga doston.

Yigitlar qasamyodi

1.Bobolarday oqil bo’lishga

2.Yurtboshimday yurtni sevishga

3.Vatanimni ko’zday asrashga

4.Xalq ishonchin doim oqlashga

5.Ustozlar o’gitin dilda saqlashga

6.Yaxshi-yomon ishni farqlashga

7.Ona yurtga kerak bo’lishga

8.Doim ulug’ ishlar qilishga

9.Onam sutin dildan oqlashga

10.Kerak bo’lsa jonim berishga

HAMMA:Qasamyod qilamiz

Qasamyod qilamiz.

O’yin:Qizlar ijrosida Ziyodaning “Xattuba”qo’shig’iga

1-bosh:Aziz bolajonlar!Sizga bilim berib , o’qish-yozishni o’rgatgan,chin yurakdan halol mehnat qilayotgan aziz ustozimiz Qudratovani chin dildan tabriklaymiz

2-bosh:Albatta bugungi bayram tantana shu aziz ustozimizning tinmay qilgan halol mehnatlari natijasidir.

O’quvchi:

Rahmat sizga ustozim

Bizni jondan sevdingiz

Ongimizni uyg’otib

Bilim-saboq berdingiz.

Bizni sevib onadek

Sira tinim bilmaysiz

Mehnatingiz sarf qilib

Doim bizni o’ylaysiz.

Aziz ustoz biz uchun

Ta’zim sizga,hurmat sizga

Ustoz sizga ko’p rahmat.

O’yin: Qizlar ijrosida Surxoncha

O’qituvchi:Shirin-shakar bolajonlar,

Bog’imdagi gul rayhonlar,

Doim bo’ling siz shodonlar,

Savodxonlik muborak!

Ko’zingizga nur o’ynasin,

Sizni ko’rib dil yayrasin,

Tillar bulbuldek sayrasin,

Savodxonlik muborak!

Qo’lingizda bo’lsin kitob,

Chehrangiz go’yo oftob,

Savodxonlik muborak!

Bo’ling doim sog’-salomat

Dangasalik qilmang faqat,

Mashaqqatga qiling toqat,

SAvodxonlik muborak!

Hurmatli ota-onalar,aziz ustozlar,shirin bolajonlar!Shu bilan bugungi Savodxonlik bayramimiz o’z nihoyasiga yetdi. Sog’ salomat bo’ling!XAYR!


-Xo’sh aytchi Alifbeni tugatibsan , unda nechta harf bor ekan?

«Алифбе байрами» ўқувчиларнинг дастлабки эришган ютуқларининг якуни ҳисобланади. Байрам эрталигини мазмунли уюштириш. Бу байрам таълимда муҳим ўтказиш лозим. Бу байрам таълимда муҳим аҳамиятга моликдир. Байрамга олдиндан тайёргарлик кўриш болаларда мустақиллик, ташаббускорлик каби фазилатларнинг таркиб топишга ёрдам беради.


Alifbe bayrami tadbir scenariysi

Бундай тантанали куннинг қачон ўтказиши ҳақида ота-оналарни ҳам олдиндан хабардор бўлганлари маъқул. Чунки улар ҳам ўз фарзандларини ютуқларини кўриш учун байрамга керакли нарсаларни хозирлашда ўқитувчига ёрдам берадилар. Байрамга тайёргарлик кўрувчилар ўқувчиларнинг биринчи ёзувлари, тузган расмлари, пластилин, лой ва қоғоздан ясаган нарсалари дафтарлари, синф ҳаёти билан танишадилар. Байрамга ота-оналар, мактаб раҳбарлари, ўқитувчилар, ўқувчилар ҳам қатнашади. Алифбе байрами синфда ўтказилади.


Ўқитувчи:
Азиз ота-оналар,
Ширин шаҳар болалар
Бугун байрам – тантана
“Алифбе тўйи” билан
Сизларни табриклайман

Қарсаклар янграйди

Болалар:
Сизга раҳмат муаллим
Бизга бердингиз таълим

Ўқитувчи:
Бу байрам сабабкори,
Билимлар пойдевори
Маъноли ширин сўзи,
Қани “Алифбе” сўзи?
Алифбени чақирсак
Барабар қарсак чалсак

Болалар:
Алифбежон кела қол
Олқишлаймиз қулоқ сол

Бўйнига катта “Алифбе” расми осилган қиз бола келиб келади.

Алифбе:
Ассалому алайкум
Азиз ота-оналар
Ва қандрдон болалар
Саводхонлик муборак
Байрам шодлик муборак

Болалар:
Раҳмат сенга “Алифбе”
Раҳмат сенга “Алифбе”

Бошловчи:
Чиндан кадрдон бўлдинг
Сен Алифбе китобим
Сўзга гўё нур бердинг,
Чарақлаган офтобим
Ўқитувчим ҳижжаллаб
Барча ҳарфни танитди
Билимга сен сабаб
Ўқий оламан энди
“А” дан тутуқ белгисигача
Ўқиб бўлдим билағон
Сенга дилдан ташаккур
Унитмаймиз ҳеч қачон

Алифбе:
Азиз болажонлар сиз нималарни ўргандингиз?

Болалар:
Чизиқчалар чизишди
Ўқишни ва ёзишни
Ҳарфларинг ўттизта
Товушларинг йигирма тўққизта

Алифбе:
Балли эй дили оқлар
Фан билимга чанқоқлар
Миннатдорман сизлардан
Баҳтли ўғил қизлардан
Яна савол қалайсиз,
Қай товушлар биласиз

Болалар:
Товушлар унли-ундош,
Бири кўзу бири қош

Болалар:
Унлилардир 6 ҳарф
Бари тетик лўнда ҳарф
Ундошлардир 23 товуш
Улар ҳам бўлинади
Алифбе:
Зеҳнингизга офарин!

Ўқитувчи:
Товушлар тилга кирсин

“Аа” ҳарфи:
Ассалому алайкум
Мен “А” ҳарфиман ўртоқ
“Алифбо ҳам, аввало-
Мендан бошланар ҳар чоқ”

“Бб” ҳарфи:
“Б” ман “А” дан кейинги
Мен келаман албатта
Билимли бўлган бола
“5” олади мактабда

“Дд” ҳарфи:
Мен “Д” ҳарфи бўламан
Дарс сўзида келаман
Кимки ақлли, доно
Сўзлари доно –доно

“Ээ” ҳарфи:
Билиб олинг мен-чи “Э”
Қўл силтаб демангиз “Э”
Эркатою, эринчоқ
Эртакда учрар кўпироқ

“Фф” ҳарфи:
“Ф” ман, болаларга
Истаб файзу, баракат
Фаҳрли фаросатли
Бўлсинлар дейман фақат

“Гг” ҳарфи:
“Г” ман гавдали
Етди нонга гал
Гулда учрайман
Гул қандай гўзал

“Ҳҳ” ҳарфи:
“Ҳ” ҳарфиман ҳайратда
Мэнга боқмангиз ҳайвон
Ҳамма ҳарфлар ичида
“Ҳ”ни ажратиш осон

“Ии” ҳарфи:
Каминани “И” дерлар
Тик ва ақл қоматим
Илм истаса кимки
Кулар бахти омади

“Жж” ҳарфи:
“Ж” ман кўримли жуда
Сафларда бораман
Ёзинг: “Жўжа” деб
Ишга тайёрман

“Кк” ҳарфи:
“К” ман кўргансиз
Китобларда кўп
Ҳар кун юз кўришайлик
Келишдикми, хўп!

«Алифбе байрами» тадбир сценарийси (1)Юклаб олиш

«Алифбе байрами» тадбир сценарийси (2)Юклаб олиш

 


Ўхшаш мавзулар

🔥12.9 K марта кўрилди

Alifbe bayrami

Mazkur sahifamizda 1-sinf o’quvchilari bilan o’tkaziladigan alifbe bayrami uchun kerak bo’ladigan ssenariylar va har xil ko’rgazmalar jamlangan.

Boshlang’ich ta’lim o’qituvchilarimiz Alifbe bayramiga tayyorgarlik jarayonida foydalaniladigan barcha ko’rgazmalardan foydalanib yuklab olishlari mumkin.

«Kitobim-Oftobim» tadbir ssenariysi

Maktab zali bayramona bezatilgan. Mehmonlar taklif qilingan.
O’qituvchi. Salom aytamiz sizga qalbning qo’ridan,
Sizlarga joy berib qalbning to’ridan.
Og’zimizda erur ushbu bir kalom,
Xush kelibsizlar salom-assalom.
Assalomu-alaykum hurmatli mehmonlar, aziz ustozlar, mehribon ota-onalar.
Barcha-barchangiz “Alifbe bayramimizga” xush kelibsizlar.
Hozir bayramimizga bayram sababchilari bo’lgan jajji 1 – “G” sinf
o’quvchilarini taklif etamiz.
Marhamat bolajonlar:
O’quvchilar musiqa sadosi ostida davraga kirib kelishadi va ular tartib bilan
saflanib turadilar va O’zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasini
kuylaydilar.
O’qituvchi: Aziz mehmonlar, bolajonlar bugungi bayramimizni ochib berish
uchun so’zni maktab direktoriga beramiz.
Shundan so’ng navbat o’quvchilarga beriladi.
1- o’quvchi: So’zimning boshi salom,
Salom eng yaxshi kalom.
2- o’quvchi: Shuning uchun avvalo,
Onajonlar assalom.
1-o’quvchi: Bizga ilm o’rgatgan,
To’g’ri yo’lni ko’rsatgan,
Mehribonu talabchan.
Aziz ustozlar sizga Assalomu – alaykum.
Savodxonlik bayrami
2-o’quvchi: Yaxshi o’rtoq dugona Bir-biriga parvona Mening uchun yagona
Sinfdoshlarim sizga Assalomu-alaykum
1-o’quvchi: Muborak ayyomingiz,
Dillar quvonchga to’lsin
Alifbe bayramingiz
Barchaga qutlug’ bo’lsin.
O’qituvchi: Qani menga aytingchi biz qayerda yashaymiz?
O’quvchilar: O’zbekistonda.
O’qituvchi: O’zbekiston qanaqa davlat?
O’quvchilar: Mustaqil Davlat
O’qituvchi: 2013yilda O’zbekistonning necha yilligini nishonladik?
O’quvchilar: 22 yilligini.
O’qituvchi: O’zbekiston mustaqil bo’lganidan keyin o’zining nimalariga ega
bo’ldi.
O’quvchilar: Bayrog’i, tamg’asi, madhiyasiga. Shundan so’ng o’quvchilar
bayroq, tamg’a va madhiyani madh etib she’rlar aytishadilar.
O’zbekiston bayrog’i,
Hilpirar to’rt xil rangda.
O’zbegim madhiyasi
Yangraydi har kun tongda.
Tamg’asida baxt ramzi
Xumo qushi aks etgan.
Paxtasining dovrug’i
Butun johonga yetgan.
Bayroqdadir to’rt xil rang,
Barcha rangda ma’no bor.
Boshidan ta’riflang-chi
Bilurmisiz bolalar?
Tamg’amizda tog’lar bor,
Daryolar bor, bog’lar bor.
O’ng tomoni paxtazor,
Savodxonlik bayrami
Chap tomoni bo’g’doyzor.
Chambarakga o’ralgan,
Vodiy uzra quyosh bor.
Hurligimizning ramzi,
Humo degan qushi bor.
Erksevar O’zbekiston Madhiyangni kuylaylik Jonajon O’zbekiston.
O’qituvchi: Balli bolajonlar barchasiga ekansiz tanish.
Shundan so’ng o’quvchilar, “Vatanim-jon-Vatanim” qo’shig’ini aytishadi.
“Vatanim-jon-Vatanim”
“Vatanim-jon-Vatanim”
Ko’zim quvnab ko’rganim
Istiqloldan kulganim
O’zbekiston gulshanim.
Barcha olib bag’ringda,
Ulg’ayganman mehringdan.
“Vatanim-jon-Vatanim”
O’zbekiston gulshanim.
Sen o’xshaysan onamga,
Maqtay butun olamga
“Vatanim-jon-Vatanim”
O’zbekiston gulshanim.
O’qituvchi: Sinf o’quvchilari “O’zbekiston” haqida she’r aytishadi va
qo’llaridagi harflar bilan
“O’zbekiston” so’zini hosil qilishadi.
O’ – O’zligim topdi hur o’zbek elim
Z – Zuhraday charaqlar porloqdir yo’ling
B – Baxt qushi boshimda, maqsadim ulug’
E – Erkim o’z qo’limda niyatim qutlug’
K – Kamolot cho’qqisi nuqtamiz oxir
I – Insoniyat o’yi ezgulik, axir
S – Sadoqati iymon ish sabr-bardosh
Savodxonlik bayrami
T – Totuv yashar xalqlar yelkadosh qardosh
O – Olamni asraylik tinch bo’lsin jahon
N -Nomi tilda doston,jon O’zbekiston
O’qituvchi: Balli bolajonlar! Qani ayting-chi, O’zbekistonda Davlat tili qaysi
til?
O’quvchilar: O’zbek tili
O’quvchilar “O’zbek tili” haqida she’rlar aytishadilar.
Tilim-Davlat tilidir,
Oshdi qudrati, qadri,
Boshqa tillar ichida Tikladi chinor qaddin.
Kim axir qilmay, risand Unitar o’z tilini!
Unitar urf-odatin Tarixini elini?
Kim bag’ishlab jon-tanin,
Sevsa elin chinakam Sevsa ona Vatanin,
Sevar ona tilin ham.
Ona tilim jonu dilim,
Sening bilan biyron tilim
Ona tilim, bobo tilim
Sevar seni yurtu elim
Ona tilim, konu ilm,
Sen-la olay chuqur bilim.
O’qituvchi: Balli bolalar, Prezidentimiz 2014 yilni qanday yil deb e’lon
qildilar?
O’quvchilar: “Sog’lom bola yili”.
O’qituvchi: Rahmat bolajonlar Aziz ota-onalar Shirin-shakar bolalar, Bayram
shodlik muborak, Savodxonlik muborak!
O’quvchilar Avval kitob-varaqlab,
Suratlar axtarardim
Rasm yo’q betga ixlab
Zerikishla qarardim.
Yendi olib kitobni,
Shirillatib o’qiyman
Savodxonlik bayrami
Guyo quchib oftobni
O’zim ham she’r to’qiyman.
Bilsangiz bor bir kitob
Kitoblaming bobosi
Kitobmas guyo oftob
Yo’qdir uning bahosi
Bu bayram sababkori
Bilimlar poydevori
Ma’nosi shirin so’zi
Qani “Alifbe” o’zi
Alifbeni chaqirsak
Va unga so’zni bersak
Alifbejon kel tezroq
Do’stlaring senga muhtoj
Davraga “Alifbe kitobi” kirib keladi.
Salom aziz bolalar Chiroyli dil lolalar Bilasizlarmi meni? Birinchi Alifbeni?
Hamma bilimning boshi Bilimdonlarningjoni Meni hurmat qilsangiz
Harfimni-chi bilsangiz Seving hamma kitobni Bo’lasiz so’zsiz olim.
Alifbejon sengadir ta’zim Sen tufayli biyrondir so’zim.
Xush bolalar aytingchi, chindan Nimalarni bildingiz mendan?
Ko’p narsani kitobim
Mana eshit oftobim Chiziqchalar-chizishni O’qishni va yozishni Yasha zehnli
bola Nima o’rganding yana?
Bo’g’indan so’z tuzishni,
Hamda matn o’qishni.
Aytchi dono qiz qani,
Sen o’rganding nimani?
Topishmoqlar topishni,
Savodxonlik bayrami
She’r va maqol aytishni.
Shirin-shakar bolalar Bog’aro gul lolalar Alifboda harf nechta?
Bilsangiz ayting shartta.
6 ta unli tovush bor 23 ta undosh bor 3 tasi harf birikma 1 tasi tuluq belgi.
O’qituvchi: Navbat endi sizlarga,
Jajji o’g’il-qizlarga
Boshlab sizni keng yo’lga
Tovushlar kirsin tilga.
Harflar tilga kiradi.
A – Assalom avvalo aziz jonajon Alla aytib katta qilgan onajon.
B – Buyuk bobosi bor boshida bugun Butun el tanidi yurtimni bugun
D- Dildan deyman ona vatanim O’zbekiston-mening Vatanim
E – Elim deb, yurtim deb yashayman faqat El yurt baxti-mening baxtimdir abad
F – Fido bo’lsin bu jonim Faqat omon bo’lsin Vatanim
G – Gulla go’zal gulgun diyorim Gul maskanim O’zbekistonim
H – Hayotim hur o’lkam baxtimdir Hur o’lkam baxti deb faqat Yashayman har vaqt.
I – Ismingizdir Islom bobojon Istiqiolni bergan jonajon
J – Jaranglaydi jajji sho’x so’zim Jahon tanir bu kun ovozim.
K- Kamolingni kulib kuylayman Yurtim jamolingga boqib to’ymayman.
L – Lolaman lov-lov yonar yoragim Xalqqa mehnat qilish orzu tilagim.
M – Mana men mardona mashhur makonman Siz tug’ilib o’sgan O’zbekistonman.
N – Non aziz, non ila hayotdir inson, Non ushog’in surtgin ko’zingga bolajon
O – Onak yurt onajon O’zbekistonim, Ona kabi aziz jonu jahonim.
P – Poytaxt-Toshkent porlagin yurtim Paxtaga kon makonim O’zbekistonim.
Q – Qo’limda qalamim she’r bitay sizga Onajon doston kam ta’rifingizga
R- Rahatbaxsh yurt, bir jannatmakon Rost so’zlasam bu O’zbekiston
S – Salom sevimligim serquyosh diyor Senga shirin so’zla aytaman alyor
T – To’yingga to’yona tilda dostonim 18 yoshing qutlug’ O’zbekistonim
U – Unitmayman ustozim ulkan mehringiz Umrbod yodimda har bir so’zingiz.
V- Vatanim volidam va tanda jonim Vatan ishqi bilan o’tar har onim
X – Xalqimning ovozi baland har onda Humo qushi uchar chamanda
Y – Yillar o’tib, yillar o’tibdi, Yurtim istiqlolga erishdi
Savodxonlik bayrami
Z – Zamonam zo’r, zorim yo’q eldan Zamonamni qo’llayman dildan
O’ – O’zbekiston o’z tamg’am o’z bayrog’im bor, O’zbek madhiyasi tillarda doston
G’ – G’ururla g’oliblik bayrog’i qo’lda Elimning madhiyasi jaranglar tilda
Sh – Shamolman, shamol kabi shoshaman har on Bilimlar maskani, maktabim tomon
Ch – Chamanning chiroyli guli o’zingiz, Ustozim duru gavhar har bir so’zingiz.
NG – Rahmat sizga muallim, Berdingiz bizga ta’lim
Alifbe: Bolajonlar siz mendan
Ko’p narsalar bilibsiz
Duru gavhar teribsiz
Ruxsat etti siz bilan
Hayrlashib ketaman
Do’stim o’qish kitobni
Endi taklif etaman
Hamma: Hayr Alifbejonim
Rahmat yo’llab qolamiz
Omon bo’lgin biz senga
Oq yo’l tilab qolamiz
“O’qish”, “Matematika” kitoblari kirib kelishadi.
O’quvchi: o’rin yo’q toliqishga
Kirishaylik tez ishga
Tanishaylik siz bilan
So’z beraylik o’qishga
Chorla o’qish kitobi
“O’qish” kitobi. Menman “O’qish” kitobi.
“Alifbenning o’rtog’i”
Tez va ravon o’qishni
Butunlay unitasiz
Kechikishni tashvishni
Goho kulasiz shodon
Goho o’ylab qolasiz
O’zim ustoz bilimdon
O’qib dono bo’lasiz.
Savodxonlik bayrami
Hamma: Kitobim xush kelding sen
Didim xushnid etting sen
“O’qish” kitobi. Men bir chuqur quduqman
Limmo-limdir suvlarim
Qonib qonib ichasiz
Bahoingiz 5 do’stlarim
Faqat bo’yab yuzumni
Iflos qilib qo’ymangiz
Yirtib zar varag’imni
Ko’p uyatga qo’ymangiz.
Hamma: Kitobim bo’l xotirjam
Ozor bermaymiz hech ham
O’quvchilar: “O’zbekistonim” sherini aytib beradilar.
1. “Alifbe” dan o’rin olgan
Bir kam o’ttiz harflarni
“Alla”, “Anor”, “Bahor”, “Bayroq”
Kabi oddiy gaplarni
O’qituvchi: Balli bolajonlar endi o’quvchilar ijrosida “Ustozlar” qo’shig’ini
tinglaymiz.
“Ona” haqida she’rlar tinglaymiz.
1. Dunyoga keldimu men sizni ko’rdim
Mehr bulog’idan kuch, quvvat oldim
Nomingiz ushbu kun she’rimga soldim
Munisim, mushfiqam onajonim.
2. Oromdan oz kechib bo’lib parvona
Dardimni oldingiz siz yona-yona
Olamda tengi yo’q siz-siz yagona
Munisim, mushfiqam onajonim.
Qo’shiq: “Onajon” sinf o’quvchilari ijrosida.
O’qituvchi: Balli bolajonlar. Endi tayyorlab kelgan kuy-qo’shiqlarimizni namoyish
etamiz.
Marhamat aziz mehmonlar tinglab, tomosha qiling.
Savodxonlik bayrami
Kecha so’ngida tabrik uchun so’z mehmonlarga, o’qituvchi va ota-onalarga beriladi.
O’qituvchi: Raxmat aziz mehmonlar. Kechamizga tashrif buyurganingiz uchun
tashakkur.

Alifbe bayrami ssenariylar jamlanmasini yuklab oling.

1-a sinf alifbe

alifbe tadbir

alifbe bayrami senariysi

alifbe_qungiroq

alifbe harflar toj

emblema alifbe harflar

Alifbe bayram tadbir ssenariysi 1 – boshlovchi

Tavsiya etamiz : she’rlar to’plami

manba

Қозоғистон Республикаси Билим ва Фан министрлиги

Жанубий Қозоғистон Билим Бошқармаси Кентов шаҳар
билим бериш бўлими

Махмуд Қошғарий номли табиий фанлар йўналишидаги
мактаб-лицей.

Саводхонлик муборак!

1-«Б» синф

Ўқитувчи:Маматирзаева М

Қарноқ 2015 йил.

Мавзу: Саводхонлик муборак!

Мақсад:Ўқувчиларнинг саводхонлигини намойиш қилиш,алифбедан
олган билимларини умумлаштириш,ўқувчиларнинг Ватанга ,ота-оналарга
,устоз мураббийга

Бўлган меҳр-муҳаббат туйғуларини тарбиялаш,саҳна нутқи
маданиятини ўргатиш.

Дарс тури: эрталик

Жиҳози: шарлар,гуллар,деворий газета,мультипроекор.

Дарснинг бориши:

I.Ташкиллаштириш:

Ўқувчилар қўшиқ садолари остида байрам кечасига кулиб кириб
келади.Келажагимиз давомчиси бўлган жажжи болажонларимизни даврага
таклиф этамиз!

Мактаб вальси.

Ўқитувчи:

Ассалом халқимизнинг энг улуғ сиймолари,

Ассалом юртимизнинг устоз меҳрибонлари.

Ассалом синфимизнинг доно ўғил — қизлари,

Ассалом эрталигимизнинг азиз меҳмонлари.

Хуш келибсиз илму-фаннинг сохиби давронлари,

Хуш келибсиз даврамизнинг энг азиз меҳмонлари.

Хуш келибсиз муаллимлар ҳамда мунис оналар,

Хуш келибсиз кечамизга барча азиз меҳмонлар.

Рухсат беринг бошламоққа саводхонлик байрамин,

Ўйин — кулги, қўшиқ билан хурсанд этайлик сизни!

Олтин кузнинг биринчи кунида қувонч билан илм масканига қадам
қўйган

болажонларимиз. Бугун кумуш қиш қўйнида Алифбо сабоқларидан
қониб,

диллари яшнаб, бўйлари ўсиб, орзиқа кутган «Саводхонлик муборак»

тантанамизга хуш келибсиз!

Кўз ўнгимизда ўсиб.улғайишиб бораётган фарзандларимиз»Алифбе»
даврини

тугатиб,савод таълимига ўтишмоқчи.Азиз ота-оналар, сизлар
болангизни илк бора мактабга олиб келганингизда оналарга ҳос ҳадик
сираш билан болам ўқишни эплай олармикан деган ҳаёллар билан
етаклаб келган эдингиз Саводхонлик байрами

ҳам қувончли, ҳам синовли байрам. Мана бугун сизлар ўз
фарзандларингизни

илк маротаба мактаб саҳнасида туриб зукколигини, билимдонлигини
гувоҳи бўласиз.

Аввало, сизларни кириб келаётган янги йил байрами билан қутлаб,
жисмингизни соғлик- саломатлик,қалбингизни эса иймон- эътиқод,
меҳр-оқибат тарк этмасин .

Яна бир бора хуш келибсизлар деймиз!

Табрик сўзи: Мактабимиз директори: Акмурзин Адилбек
Амангелдиевичга

Ўқув — тарбия иши бўйича директор ўринбосари:Асенова Жаннат
Азамовнага

Бошланғич синф ўқув ишлари бўйича директор ўринбосари:Азизова
Дилафруз опага.

Тарбия ишлари бўйича директор ўринбосари:Расаулова Озода опага.

Бугун катта тантана, Оқ сут берган оналар,

Саводхонлик байрами. Меҳрибон бувижонлар.

Доим бўлсин анъана, Қутлаймиз сизларни ҳам,

Билимдонлик байрами. Саводхонлик муборак.

Мўъзижа шеърларга кўп Ўқувчилар бош эгар

Ўзини бахтли синар, Изингиз кўзга сурар

Унга кирган ҳар инсон! Устозин барча қутлар,

Саводхонлик муборак!

Ўқитувчи:

Бугун бизнинг синфда жуда катта тантана,

Билимини намойиш қилади ҳар бир бола.

Болажонлар,соғ бўлсин, вақти доим чоғ бўлсин,

Қўшиқ куйлар бор бўлсин, байрамингиз зўр бўлсин!

Қўшиқ:»Учать в школе»

Кўриниш:

Онаси: Қизалоғим,сенга мен атлас олиб берайми?

Қизи: Йўқ-йўқ ,ойижон!

Онаси: Чамандаги алвон ранг, гулдан териб берайми?

Қизи: Йўқ, керакмас ойижон!

Онаси: Нима бўлди айт қизим? Олақолгин ўйинчоқ.

Қизи: Эй, мени севсангиз ойи, олиб беринг Алифбе!

Ўқитувчи:

Бахтли ота-оналар, ва ширинтой болалар.

Бугун катта тантана, унутилмас шодиёна.

Алифбе тўйи билан сизларни табриклайман.

Байрам шодлик муборак, саводхонлик муборак!

Ҳамма: Раҳмат устоз опажон, миннатдормиз ҳар қачон.

Алифбени ўргатган Билим бериб одобдан

Тўғри йўлни кўрсатган Ойу- юлдуз офтобдан

Элга меҳр уйғотиб Ташналигим қондирган

Бийрон- бийрон сўзлатган Биринчи ўқитувчим

Биринчи ўқитувчим. Биринчи ўқитувчим

Рақс: Даврада ватанимиз поспонлари «Моряклар» ўйини.

Ўқитувчи: Бу байрам сабабкори, билимлар пойдевори.

Маъноли ҳар бир сўзи, Алифбе қани ўзи?

Алифбени чақирсак, баровар қарсак чалсак.

Ҳамма: Алифбежон келақол,олқишлаймиз қулоқ сол

Китобларнинг бобоси, йўл бошловчи донаси.

Алифбе: Ассалому алайкум, азиз ота-оналар.

Ва қадрдон болалар, саводхонлик муборак.

Байрам шодлик муборак, мен»Алифбе» китоби

Келажакнинг офтоби,сенга билим берганман.

Доим дўстинг бўлганман.

Ҳамма: Раҳмат сенга, Алифбе! Раҳмат сенга Алифбе!

Шахзода: Чиндан қадрдон бўлдинг,сен Алифбе китобим.

Кўзга гўё нур бердинг, чарақлаган офтобим.

Ўқитувчим ҳижжалаб, барча харфни танитди.

Билимимга сен сабаб, ўқий оламан энди

А дан я гача сендан, ўқиб бўлдим билағон

Сенга дилдан ташаккур, унутмайман ҳеч қачон.

Суғдиёна: Алифбени билиб олдим,энди навбат ўқишга.

Китобимга дўст тутиниб,эга бўлдим»4″ ва «5» га

Зеҳним қўйиб, савоқ билан, жило бериб ҳарфларга

Тўғри аниқ кўчираман,ҳар бир сўзни дафтарга.

Қийналмасдан такрор ўқиб,шеър.қўшиқлар ёд олиб.

Алифбежон байрамини,ўтказамиз шодланиб.

Алифбе: Мен энг тўнғич китобман,Алифбеман офтобман.

Савод чиқардинг мендан,сўраб кўрайин сендан

Алфабитда ҳарф нечта?

Ҳамма: 35 та.

Алифбе: Азиз болажонлар, яна нималарни ўргандингиз?

Сарвиноз: Чизиқчалар чизишни,ўқиш ва ёзишни.

Ҳарфларинг 35 та, товушларинг 33 та.

Малохат: Узун чизиқ, қисқа чизиқ, ёзувларим жуда қизиқ.

Айлантириб О дейман,илмоқ илиб, А дейман.

Н О ёзиб, но дейман,Н ни қўшиб «НОН» дейман.

Алифбе: Балли эй дили оқлар, фан билимига чанқоқлар

Миннатдорман сизлардан, бахтли ўғил қизлардан.

Яна саволга қалайсиз, қай товушлар биласиз?

Жасмин: Товушлар унли ундош, бири кўзу бири қош.

Унлилардир ўнта харф,бари тетик лўнда харф.

Ундошлардир қолгани,улар ҳам бўлинади.

Дона: Алифбени энди мен,ҳеч қийналмай ўқийман.

Унли,ундош товушлардан,турли сўзлар тўқийман.

Сени тоза сақладик,рангли суратларинг бор.

Шеър ҳикоянг ўргандик,бизлар сиздан миннатдор.

Алифбе: Раҳмат аҳил болалар,гуё қизил лолалар.

Не дейсизлар баъзида,берсам сизга саволлар.

Баҳор: Айта қолинг топамиз,жавобини айтамиз.

Алифбе: Бир нарсаки қатма-қат,ҳар бир фандан гапирар.

Агар чиндан дўст бўлсанг,Муродингга етказар.

Ҳамма: Алифбе.

Алифбе: Сони унли товушлар сонига тенг,сўзда қанча унли бўлса
шунча денг.

Ҳамма: Буни ҳамма билади.Бу -бўғин.

Алифбе: Тугал мазмунни билдирар,сўнгида нуқта бўлар.

Ҳамма:Будир гап.

Алифбе: Офаринлар сизга бўлсин,зеҳнингизга офарин

Қани ўйлангчи обдон,қайси ҳарфлар қадрдон

Бирин-кетин тикиб кўз,ҳарфлар айтмоқ сўз.

Товушлар тилга кирсин.

Назар: Ўнтамиз биз унутманг,баримиз оға-ини.

Бизда бор фақат овоз,ҳамма билсинда буни.

О ва А биз қариндош,И ва Е эса сафдош.

У ва Ў ҳам бор яна,Ё ва Я сафда.

Баримиз сўзда бош-қош.

Дилнура: Йигирма уч қадрдон,дейишар бизни ундош.

Овоз шовқин рақс тушсак,қувнаймиз бўлиб қадрдон.

Ҳар сўзда бор ўрнимиз,аввал, охир, жуфт ва тоқ.

Биз маънога зеб берсак,бизда бор унли ўртоқ.

Ўқитувчи: Товушларни тариф этай,улар тилнинг заргари.

Шу боисдан алифбеда,жой олишибди бари.

А. Асалари.ҳой ари,асил асал бер, ари.

Асалингдан тузалсин,касал кетсин ,от нари.( Шахзат)

Б. Балиқ сувда сузади,борлиқни у сезади.

Бақа каби вақиллаб,ўтмас куни лақиллаб. (Малохат)

В. Варрагим кўкка учар,Ватаним икўксин қучар.

Баландга парвоз қилиб,бизга шодлик улашар. (Жасур)

Г. Гулларга сув қуяр боғда, Гулбаҳорой ҳар тонг чоғда.

Гулларидир ранг-баранг, кўрмаганлар кўп доғда. (Дона)

Д. Денгизчи бўлай дер Даврон,дадасин қолдириб ҳайрон.

Денгиз дельфинга тўлар, у одамга дўст бўлар. (Руслан)

Е. Елда елар елкан кема,елсиз сувда сузар дема.

Ел бўлмаса бекор кема, ундан афзал сув чана.

Ё. Ёнғоқ эккан бобомиз,ёнғоқни биз қоққанмиз.

Ёнғоқ чақиб ҳаммага,ёғдай бўлиб ёққанмиз. (Назар)

Ж. Жўжаларим сап-сариқ,жуда чаққон,оқ, момиқ.

Жип-жип қилиб сайрашар, кўнглимизни хушлашар.( Зилола)

З. Зийрак отли итмни, този итлар кувлашар.

Този итлар тезликда,зийрак билан дўстлашар.(Нурдаулет)

И. Инсон,ишонч, ирода,илиқ сўзлар дунёда.

Илм, истак ҳам зиёда, изн берар у бунёда. (Айшабону)

Й. Йўл-йўл чопон устида,йўлбарс йўлни пойлар.

Йўлида йўлиққанларни,йирик қорнига жойлар. (Мурод)

К. Карамнинг кўйлагидир,қават-қават,беш қават.

Қайнаса у қозонда,ширин бўлар ҳар овқат. (Жасмин)

Л. Лола қирда очилди,қирга алвон сочилди.

Лола терган болалар, тезда уйга шошилди. ( Дилрух)

М. Мошвой отли мушугим,тонгда ювар тумшуғин.

Қочиб қолар кўрса гар,Олапар номли кучугим. (Дилнура)

Н. Нок мевалар асали,нокнинг кўпдир асили.

Боғда пишар осилиб, лампа дейсан мисоли. ( Шахзода)

О. Олға учар оқ отим, отлар ичида отим.

Оламни тутар чанги, темир туёқ оқ отим. ( Н. Шахрияр )

П. Пахта кийим демакдир, ипак олинар пилладан.

Ҳар иккиси қимматли,қолишмайди тилладан. (М. Шахриёр)

Р. Раҳматжонга кўп киши, айтиб юрар кўп раҳмат.

Раҳматжондир одобли, кўпни у қилар ҳурмат. ( Камрон)

С. Сичқон сиғмас инига, ғалвир боғлар думига.

Роса алдар мушукни, қарши қўйиб кучукни. ( Баҳор)

Т. Тулпорларнинг туёғи,тоғнинг тошин кесади.

Тоғда ўсган тойчоқлар,тоққагина сиғади.(Элбек)

У. Улоқ.улоқ, шўх улоқ, ўтламоқда қорни тўқ.

Кенг яйловда ўйнайсан, ҳеч ташвиши йўқ улоқ. ( Сарвиноз)

Ф. Фермер бўлиб ўйнаймиз, фалсафа қилиб ўйнаймиз.

Футболни ҳам қўймаймиз,финалда биз ўйнаймиз. (Суғдиёна)

Х. Хонтахтанинг устида, хоккей ўйнар шўх Толиб.

Толиббой ҳар ўйинда, ўзидан-ўзи келар ғолиб. ( Бегзот)

Ц. Циркда ўйнаб қизиқчи,мотоцикл юргизди.

Цилиндр кийган айиқ-чи, ҳаммани жойидан турғизди. (Эльвина)

Ч. Чўққига чиқар эчким, уни тутолмас ҳеч ким.

Чўчимай чайнар бутоқ, ёқмас ям- яшил ўтлоқ. ( Н. Шахрияр)

Ш. Шердир ҳайвонлар шоҳи, сояда ухлар гоҳи.

Шохдан баланд сакрайди, ўлжасин сезган чоғи. ( Сарвиноз)

ъ. Мактабда олиб таълим,Билимдон бўлди Салим.

Маънолидир ҳар сўзи, барча ундан кўп рози. ( Суғдиёна)

ь. Лагерь — менинг қувончим, лагерь — менинг ишончим.

У ерда мен чиниқиб, ўйнаб келдим мириқиб. ( Бегзот)

Э. Электрнинг нурида , кўчалар тўлиб кетди.

Дон ортган машиналар, элеватор томон кетди. ( Баҳор)

Ю. Югуриб юмронқозиқ, ўзига излар озиқ.

Сезса душман сасини, шу замон бўлар қозиқ. (Мурат)

Я. Яхши сўз — жон озиғи, ёмон сўз- бош қозиғи.

Яхши сўз ёндан ўтар, ёмон сўз ёндан ўтар. ( Назар)

Ў. Ўрик,олма, кўп маза, шафтоли ҳам кам эмас.

Қалампир сал бемаса, уни ким аччиқ демас? (Жасмина)

Қ. Қизил менинг қанотим, қирғовул мен бўламан.

Уйим тикон бўлса ҳам, уни яхши кўраман. (Шахзода)

Ғ. Ғалла бизнинг бойликдир, ғалла элга борликдир.

Ғалла билан чароғон, юртим бўлсин фаровон. (Дилнура)

Ҳ. Ҳайда деҳқон ерингни, кенг далалар кўкарсин.

Сариқ, яшил ранг олиб, қир, адирлар гулласин. (Камрон)

Ўқитувчи: Алифбени олиб ёд, бугун ҳамма,ҳамма шод.

Авжга чиқсин куй ялла,янграйверсин баралла.

Энди дўстлар даврамизни, янада кенг олайлик.

Муҳаббату- меҳримизни,куй-қўшиққа солайлик.

Малоҳат: Ҳаммамиз шод ва хурсанд, катта байрам биз учун.

Миннатдормиз Алифбе, хайрлашамиз бугун.

Алифбе: Бежирим болаларим, жон дилим лолаларим.

Нур сочдингиз дилимга, қувонч тўлди қалбимга.

Мени доим тоза тутган, ширин-шакар болалар.

Хайрлашаман сизга атаб, савод таълим китобим совға.

Тоза тутинг худди мендай, билим бўлсин мустаҳкам.

Ўқитувчи: Болалар, сизлар энди китобларни қийналмай ўқий
оласизларми?

Болалар: Ҳа

Ўқитувчи: Энди даврамизга Савод таълимини таклиф қиламиз.

Савод таълими: Бахтли авлод болажонлар,сизга дилдан ассалом.

Илмга чанқоқ укажонлар, сизга чексиз эҳтиром.

Шу бугундан киришамиз,сизлар билан дўст-иноқ.

Ака-ука тутинамиз,вақтларингиз бўлсин чоғ.

Кўп ҳикоя шеърларим бор,ўқиб бўлинг билимдон.

Асло бўлманг беэътибор, борман хизматга тайёр.

Элбек: Очиб бир-бир саҳифанг, ўқийман ҳар сўзингни.

Сендан билим чироғи, очган менинг кўзимни.

Қўшиқ: » Онажон»

Жавобсиз сўроқлар кўпдир дунёда,

Савобдан гуноҳлар кўпдир дунёда.

Ер юзин пиёда кезган чоғда ҳам,

Отанг ва онангдан йўқдир зиёда.

Ўқитувчи: Азиз болалар .сизларга ўқиш,ёзиш билан бирга
санаш.мисол, масалалар ечишда ҳамроҳ бўлган математика китобини
даврага чақирамиз.

Математика: Ассалому алайкум, бахтли авлод болажонлар.

Мен математика китоби,менинг саҳифамни очгани.

Қўшиш ва айиришни, тезроқ билгин болажон.

Ечолмайман демагил,қийин бўлса масала.

Ялқовларда бўлмайди.ишламоққа ҳафсала.

Мисолларни ечмоққа,сен доим тиришгин.

Эплолмасанг илк марта, яна такрор киришгин.

Ўқитувчи: Даврани олсин сонлар, эшитайлик не деркан.

Тинглаб дилдан сўзларни,қувонайлик биз ҳам.

0. Жуда пуч ҳам эмасман,ўйлагандек баъзилар.

Ўтсам сонлар ортига,кучим яққол сезилар. ( Дано)

  1. Нолдан кейин тураман,чизғичингга қараб боқ.

Тартиб сонлар ичида,биринчиман эй ўртоқ. ( Камрон)

  1. Қоматимни кўргшанлар, қиёс этар оққушга

Мендан дир-дир титрайди,ихлоси йўқ ўқишга. (Малохат)

3.Билимингни баҳолаб, ноилож қониқаман.

Қачон ўтар тўртга деб, кўз тутиб толиқаман. ( М. Шахрияр)

4.Тўнкарилган стулга,ўхшаб кетар бўй- бастим.

Отим яхши тўртта ҳарф,беш менга яқин дўстим. (Индира)

5.Рассом чизар ўхшатиб,юк кўтаргич илмоққа.

Мен муаллим совғаси, билимдон ҳар ўртоққа. (Руслон)

6. Копток мисол қорнимни, соябонга оламан.

Бир,икки,уч ўзимга, тенг бўлина қоламан. (Нафиса)

7. Бошга тутиб соябон, белбоғча боғлаганман.

Ҳисоб-китобга дўстлар, ўзимни чоғлаганман. (Нурдаулет)

8.

up

Поиск по сайту

Разработка на тему «Саводхонлик байрами»

Предмет: Начальные классы
Категория материала: Рабочие программы
Автор: Ахметова Назира Эгамназаровна

Тип материала: Документ Microsoft Word (doc)
Размер: 96 Kb
Количество скачиваний: 44

Скачать

Просмотров: 153

Похожие материалы

  • Разработка на тему «Янги йил саргузаштлари»
  • Разработка на тему «Баённома»
  • КТП по окружающему миру, 4 класс, УМК «Школа России»
  • Рабочая программа по курсу по выбору «Ступеньки к знаниям» 4 класс
  • Рабочие программы для 4 класса по программе «Школа России»
  • План работы в группе продленного дня
  • Рабочая программа по настольному теннису 3 кл
  • Рабочая программа по внеурочной деятельности «Экологический проект» (1 класс)
  • Рабочая программа по живому миру
  • Рабочая программа для 2- 4 классов

Понравилась статья? Поделить с друзьями:
  • Савватий пчельник праздник
  • Саварни чувашский зимний праздник
  • Саббаты праздники колеса года
  • Саббат это праздник
  • Саббат еврейский праздник

  • 0 0 голоса
    Рейтинг статьи
    Подписаться
    Уведомить о
    guest

    0 комментариев
    Старые
    Новые Популярные
    Межтекстовые Отзывы
    Посмотреть все комментарии